Joriy yilning o‘tgan davrida Yoshlar davlat dasturi ijrosi qanday bo‘ldi?

Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga javob izlandi.
Ta’kidlanganidek, tumanda 74 tamahallada yoshlar balansi shakllantirilib, 65 ming 894 nafar yoshlar bilan individual ishlash tizimi joriy etildi, 1-sektorda 14975 nafar,2-sektorda 20405 nafar, 3-sektorda 17656 nafar,4-sektorda 12234 nafar tashkil qiladi.
Samarqand tumanida 4 mln yoshni vazirlikka biriktirish bo‘yicha tumanda jami 19239 nafar yoshlar tashkil qiladi.
Rossiya – 692 nafar, Koreya 35 nafar, Qozog‘iston 5 nafar, Turkiya 43 nafar, Qirg‘iziston 10 nafar, AQSH 548 nafar, Yaponiya 62 nafar, boshqa davlatlar 710 nafarni tashkil qiladi.
“Yoshlar jamg‘armasi”mablag‘lari hisobidan 1921 nafaryoshlarga 3.8 mlrd so‘mlik ijtimoiy va iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi. 160 nafar yoshlarga tadbirkorlikka loyihalari uchun 4,8 mlrd so‘m imtiyozli kredit, 53 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 14,7 gektar ekin maydonlari ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi. Intellektual o‘yinlar ommaviy harakatga aylanib, bu tadbirlarga 2 ming 660 nafaryoshlar jalb etildi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi 20 ta bepul onlayn xorijiy til kurslarida 2 ming 631 nafaryoshlar tahsil olmoqda. Yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyiha va tanlovlarda 40 ming 536 nafaryoshlar qamrab olindi. 
Tumanimizda “Qo‘qon tajribasi” asosida 48 nafar jinoyat sodir etishga moyil yoshlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan “Harakatlar rejasi” amalga oshirildi. Ularning 18 nafari “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘iniga, 7 nafari “Vatanparvarlar”tarbiya oromgohiga jalb etildi.
Jumladan,718 nafardavlat ko‘magiga muhtojyoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish orqali ularning hayotini yaxshilashga ko‘maklashamiz. Mahallalar kesimidagi “Yoshlar bandlikdasturlari” orqali 4 ming436 nafarishsiz va bitiruvchi yoshlarningbandligini ta’minlaymiz.
Bu yil xorijda mehnat qilayotgan hamda xorijda ishlash istagidagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha mexanizmlarni joriy etib, 2 ming 079 nafar yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish, rivojlangan davlatlarga maqsadli migratsiyaga jo‘natish hamda 2 ming 449 nafaryoshlarga “Yoshlar daftari” imkoniyatlari orqali yordam ko‘rsatish choralarini ko‘ramiz.
Mahallalarda “Qo‘qon tajribasi” asosida jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan 178 nafaryoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Harakatlar rejasi”ni ishlab chiqib, yil yakuniga qadar yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni ikki barobar kamaytirishni rejalashtirganmiz.
Yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga 16,8 ming nafar, harbiy vatanparvarlik tadbirlariga 17 ming 197 nafar hamda boshqa loyiha va tanlovlarga 17 mingdan ortiq yoshlarni jalb qilamiz.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM