O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10, 22-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududi bo‘yicha saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 2 ta shahar va 14 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududida shahar va tumanlar taqdimnomalariga binoan saylov uchastkalari tuzilsin.
(Saylov uchastkalari ro‘yxati ilova qilinadi (https://drive.google.com/drive/folders/1pXFtY5e8S3nPb1mIxZXMxOeGwALIxLlB...))
3. Ushbu qaror matbuotda e’lon qilinsin.
Komissiya raisi F.TOSHEV.
2021 yil 24 avgust №6
(Saylov uchastkalari ro‘yxati, shuningdek, tuman, shahar gazetalari va boshqa manbaalarda e’lon qilinadi)