“Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri o‘tkaziladi

“Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5149-son, 17.06.2021 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko‘ra:

 har bir bolalar-o‘smirlar sport maktabida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda ham) kamondan otish seksiya va bo‘limlari tashkil etiladi;

 har bir olimpiya zaxiralari kollejida (kelgusida yangi tashkil qilinadigan kollejlarda ham) kamondan otish bo‘limlari ochiladi;

 2022/2023 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish ta’lim yo‘nalishi ochiladi.

 2021 yil 1 sentyabrdan: 

 kamondan otish sport turi bo‘yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning uch bosqichli tizimi joriy etiladi; 

 har yili an’anaviy tarzda kamondan otish sport turi bo‘yicha:
  Toshkent shahrida “Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri tashkil etiladi;
  Samarqand shahrida ayollar o‘rtasida “To‘maris kubogi” xalqaro turniri o‘tkaziladi;
  Buxoro, Qo‘qon, Samarqand va Xiva shaharlarida “Turizm va kamondan otish haftaligi” tashkil etiladi.

 Qarorga ko‘ra shuningdek, 2022–2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalari (14 ta) tashkil etiladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM