Har bir murojaatning yechimi bor, agar u qonuniy bo‘lsa

Tuman hokimi navbatdagi qabulga kelgan fuqarolarga shunday fikr bildirdi.
-  Har bir murojaatning yechimi bor, agar u qonuniy bo‘lsa, - dedi hokim. – Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi. Muammoni tegishli mutasaddi xodimlar o‘rganadi. Chunki bizning asosiy maqsadimiz ham, vazifamiz ham aholiga munosib sharoit yaratish.
Bu galgi sayyor qabulda 20 ga yaqin fuqaro tomonidan masalalar o‘rtaga tashlandi. O‘zaro kelishmovchilik, ichimlik suvi muammosi shular jumlasidan. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi. Qolganlariga huquqiy tushuntirish berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM