Samarqandda xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarda nosoz traktorlarni hujjatsiz boshqarib yurgan shaxslarga chora ko‘rildi

Samarqand tumanida xalqaro va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan serqatnov yo‘llarda nosoz qishloq xo‘jaligi texnikalarini hujjatsiz boshqarib yurgan shaxslarga chora ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda bir qancha qoidabuzar shaxslar aniqlanib, ularga chora ko‘rilgan.

Jumladan tumanning «Chumchuqli» MFYda yashovchi fuqaro L.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan nosoz holdagi «T28X4MC» rusumli tirkamali traktorni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro yo‘lida tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan.

Bundan tashqari, tumanning Dashtakibolo mahallasida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli texnik nosoz bo‘lgan traktorni hujjatsiz holda boshqarayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, har ikki holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM