Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovasion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joylarda yoshlar bilan muloqotlar tashkil etilayotir. Tuman hokimligida tashkil etilgan ochiq muloqot ham ana shu maqsadlarni o‘zida mujassam etadi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari  tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. Muloqotda 10 dan yoshlar o‘zlarining takliflarini bildirishdi. Bildirilgan har bir murojaatning ijobiy yechimini topish uchun tegishli choralar ko‘rildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM