Salomatlik – samarali faoliyat omili

Bugun Samarqand tumani hokimligi xodimlari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida bo‘lishdi. U yerda har bir xodim uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida xodimlar o‘zlarining sog‘ligi bo‘yicha shikoyatlarini oftalmolog, travmatolog, nevropatolog, terapevt va boshqa shifokorlarga murojaat etishib, qo‘shimcha UZI, EKG va lobaratoriya ko‘riklaridan o‘tishdi. Tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM