Samarqand tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni nima masala qiynamoqda?

Tuman hokimligida shu mavzu yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ma’lumot berdi.
Qayd qilinganidek, yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi baland 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasi shakllantirilgan. O‘tgan davr mobaynida 2289 nafar yoshlar daftarga kiritilib, 2216 nafar 96,8% yoshlar daftardan chiqarilgan. Shundan 1016 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. 96 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. 154 nafariga kredit mablag‘lari ajratildi (12,9 mlrd.so‘m), 306 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi. 576 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari tarqatilib, daftardan chiqarildi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 1407 nafar yoshlar qo‘llab-quvvatlangan. Shundan 199 nafar yoshlar bir martalik moddiy yordam olishgan, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun 48 nafar yoshga jami 42 mln subsidiya ajratilgan. O‘z-o‘zini band qilish maqsadida 
574 nafar yoshga 1,539, 244 mln so‘m miqdorida asbob-uskunalar va mehnat qurollari tarqatilgan. 58 nafar yoshga jami 229,7 mln miqdorda kontrakt to‘lovini, 16 nafar yoshga 83,9 mln so‘m miqdorda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini, 86 nafar yoshlarga 101,1 mln so‘m miqdorida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv kurslarning 75% miqdori to‘lab berishgan.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM