Navbatdagi matbuot anjumani jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Unda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari O‘ktam Halikov bu boradagi ishlar to‘g‘hrisida ma’lumot berdi.
Samarqand tumani IIB YHXB, XPB, Probarsiya va JSTG xodimlari tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, IIB YHXB xodimlari tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida jami 907 ta xaydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Samarqand tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini oldini olish, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 may kunidagi 377-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” deb e’lon qilindi.
Tuman hududida profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib xududda joylashgan yo‘lovchi tashuvchi uyushmalarda 83 marta, avtoxo‘jaliklarda 48 marta, korxona va tashkilotlarda 85 marta, mahalla fuqarolar yig‘inlarida 105 marta, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida  105 marta yig‘ilishlar o‘tkazilib, profilaktik ishlar olib borildi.
Bundan tashqari 2021 yilning 12 oyi davomida Samarqand tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, Prezidentimiz Farmonlari va qarorlari, Ichki ishlar Vazirligining me’yoriy xujjatlari, boshqarma raxbariyatining buyruk va ko‘rsatmalari asosida bir qator chora–tadbirlar amalga oshirildi. Tuman xududida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash,  fuqarolar  osoyishtaligi xamda na’munali jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izi»dan fosh etish, qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash borasida, bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari ayni kunlarda ham olib borilmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM