Konigil mahallasi fuqarolariga qat’iy ogohlantirish berildi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Konigil mahallasida reyd kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahallaning belgilanmagan yeriga mahalliy fuqarolar tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan turli maishiy va qattiq chiqindilarni tashlab ketayotgani aniqlandi. Oqibatda hudud noqonuniy chiqindixonaga aylangan. Maxsus texnikalar yordamida mazkur chiqindixona tezkor tartibda tozalandi. Shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirishlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM