Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha ob’yektlar qo‘riqqa olinmoqda

-  Samarqand tuman qo‘riqlash bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida jami 162 ta ob’yekt, 29 ta xonadon  shartnoma asosida qo‘riqlanib kelinmoqda, - deydi tuman milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i Talat Olimov matbuot anjumanida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi Farmoni asosida tumanda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda istirohat bog‘lari, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Shunga binoan “Samarqand innovasion avtomobillar bozori” MCHJ shartoma asosida yangitdan qo‘riqqa olindi.
Samarqand tuman hududida o‘g‘irlik va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida kelgusida tuman hududida xavfsizlikni ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan xalq ta’lim muassasalari, bozorlar, jome’ masjidlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, xususan, dukonlar, paynet shaxobchalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa ob’yektlar, sog‘liqni saqlash tizimlarida hamda ko‘p qavatli uylar va fuqarolar xonadonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘liq qo‘riqqa olinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM