Samarqand tumanida uch avlod vakkillari uchrashdi

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuv dastlab, tumandagi Xo‘ja Ahrori Valiy majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.


Shundan so‘ng ishtirokchilar “Rustam” mahallasida bo‘lishdi. Nuroniylar bu yerda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Raduga” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Qayd etish kerakki, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti ayni vaqtda 100 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bu yerda jajji bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Shundan so‘ng uchrashuv qatnashchilari Badal mahallasida ham bo‘lishdi. Bu yerda ham ayni bolajonlar uchun qurib bitkazilgan “Diyora” maktabgacha ta’lim tashkilotining sharoitlari bilan tanishdi. Farzandlar kelajagi, ularning komil inson bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan mamnun bo‘lib duoga qo‘l ochishdi. Ushbu bog‘chada ham endi 75 nafar bolajon tarbiya olishadi.

22-mart yurtimizda mahalla tizimi xodimlari kuni keng nishonlandi. Samarqand tumanida ham bu sana ko‘taringki o‘tkazilib, bir nechta yangi mahalla binolari foydalanishga topshirildi. Sana munosabati bilan Pulimug‘ob mahallasida yangi mahalla binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Nuroniylar ushbu tantananing ham guvohiga aylandi.

Mahalla binosining qurib bitkazilishi uchun davlat xususiy sherikchilik asosida 380 million so‘m mablag‘ sarflangan. Natijada ko‘rkam binoda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mahalla raisi, uchastka noziri, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi uchun alohida xona, har biri kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlangan. Nuroniylar shu kunlar uchun shukrona keltirib, mahalla xodimlari faoliyatiga ulkan zafarlar tilashdi.


Keyingi manzil Qoziariq mahallasi bo‘ldi. Ananaga ko‘ra bu mahallaning ham yangi binosi ochilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Uch avlod uchrashuvi, yoshlar kelajakda to‘g‘ri yo‘l topishida muhim ahamiyatga ega. Bunda keksa avlodning tarbiyaviy hayot yo‘lini o‘rni bor. Uchrashuvda keksa avlod vakillari bilan davra suhbatlari ham tashkil etildi. Mahalla faoliyatida o‘rnak bo‘lgan mahalla xodimlari tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bu tadbir bir piyola choy estida davom etdi.

 

 

Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov ishtirok etdi

 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM