Bolalar dunyoning quvonchi

Image_tadbir: 

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan joylarda tashkil etilayotgan bayram tadbirlari fikrimizning isbotidir.
Tumandagi 33-umumta’lim maktabida ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi bolajonlarni bayram bilan tabrikladi va sovg‘alar topshirdi.
Tadbir doirasida maktabda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan 78 ta to‘garak a’zolarining qo‘l mehnati ko‘rgazmasi, o‘quvchilar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, konsert dasturlari namoyish etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM