Tuman hokimi o‘rinbosari mahallada qabul o‘tkazdi

Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova Bo‘zi mahallasida yoshlar va mahalla fuqarolarini qabul qildi.
Qabulda ichki yo‘llarni ta’mirlash, kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, elektr simyog‘ochlarini almashtirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash singari masalalar to‘g‘risida qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM