Gulbog‘da mini stadion bunyod etildi

Tumandagi Gulbog‘ mahallasida 825 ta xonadon bo‘lib, 3656 nafar fuqaro istiqomad qiladi. Mahalladagi 790 nafar yoshlar shaxmat-shashka va futbol musobaqalarida doim faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishadi.
Albatta, mahallada sport inshootlarini qurib foydalanishga topshirish orqali sportni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ob’yektlardan biri faol tadbirkor Toshkant Sodiqov tashabbusi bilan ishga tushirildi.
O‘yingohning ochilish marosimida tuman hokimligi, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbirda aholi, ayniqsa yoshlarga qaratilayotgan e’tibor e’tirof etildi. Shuningdek, mahallada faol nuroniy va yosh avlod vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


200 millon so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bunyod etilgan mini stadion endi mahalla yoshlariga xizmat qiladi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM