Tejamkor gaz uskunalari aholiga qulaylik

Samarqand tumanida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda tejamkor gaz uskunalarining aholiga uchun afzalliklari tushuntirib berildi.
Seminarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla raislari, korxona-tashkilot mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ushbu energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish orqali iste’molchi 30-40 foiz gaz hajmini tejashi, ortiqcha sarf–xarajatdan xalos bo‘lishi to‘g‘risida mutaxassislar ma’lumot berishdi. Xususan, Samarqand tumanidagi tabiiy gaz yetib borgan mahallalarda iste’molchilarning eskirgan gaz uskunalarini zamonaviy energiya tejamkor gaz uskunalariga almashtirish ishlari davom etmoqda. Unga asosan Samarqand tumani 3-sektor hududidagi Buxoriy mahallasida bu tajriba namunaviy atrzda yo‘lga qo‘yilgani, mazkur ish hajmini oshirish orqali aholi uchun qulaylik yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bu uskunalar xavfsiz bo‘lib, bosim pasayib ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmoqlarida uzilishlar bo‘lganda, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi va iste’molchi yoqqandagina qayta yonadi. Seminarda mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini olib borish, unda uyma-uy yurib, tejamkor gaz uskunalarining iste’molchilar uchun qulayliklari, xavfsizligi haqida batafsil tushunchalar zarurligi qayd etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM