Aholining tibbiy va huquqiy madaniyatini oshirish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ochiq muloqotda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i To‘lqin Suvonov ishtirok etdi.
Qayd etildiki, uzoq va chekka hududlarda yashovchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 2022-2023 yillar davomida 2 ta yangi oilaviy shifokorlik punktlari 14 ta mahalla tibbiy punktlari tashkil qilindi
Joriy yilda xo‘jalik hisobidan 52 ta o‘rin tashkil etilib (umumiy 400 ta o‘rinlarning 13,4%), oylik tushumlar 80-100 mln so‘mni tashkil etdi. Natijada 
20 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.
Homiladorligi bo‘lgan ayollarga yanada qulayliklar yaratish va bolalar orasida irsiy hamda nuqsonli kasalliklarni oldini olish maqsadida perinatal skrining markazi tashkil qilinib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 
2023 yil davomida markaziy shifoxona va uning tarkibidagi davolash profilaktika muassasalari qattiq va yumshoq mebellar hamda qabul emergency department bo‘limi binosi qurish uchun mahalliy byudjet hisobidan 1,460 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
2017 yilda 15 ta xususiy klinikalar xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2023 yil davomida 33 ta tashkil etib, 9 tasi stasionar sharoitda fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Mahalliy byudjet mablag‘lari asosida ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida 150 Kvt kuchlanishga ega generator o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. 
Tibbiyot birlashma tarkibidagi muassasalarda jami 112,5 Kvt quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatildi.
2022-2023 yillarda “Ochiq byudjet” axborot portali orqali aholi tashabbusi asosida 11 ta muassasalar 8,5 mlrd so‘mlik loyihalar g‘olib, deb topilib qurilish va ta’mirlash ishlari tugatildi.
2022-2023 yillar davomida aholining kam ta’minlangan ehtiyojmand qismini dori-darmon hamda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi hisobidan 1,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM