Uy-joy uchun kerakli hujjatlari mavjud

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “O‘rtashiq” MFY raisi mahallaga tegishli bo‘lgan bolalar maydonchasini buzdirib yo‘q qilib yuborgani sababli mahalla faollari mutasaddilardan yordam so‘rab murojaat yo‘llashgani e’lon qilindi.
Holat tuman hokimligi qurilish bo‘limi mutaxassislari, kadastr bo‘limi xodimlari, mahalladagi hokim yordamchisi va mus’ul vakillar bilan birgalikda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida shu mahallada yashab kelayotgan Ergasheva Muhibaga tegishli ekanligi, uy-joy uchun kerakli hujjatlari mavjudligi aniqlandi. Kelgusida noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirmasliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM