“Ikki til, bir kasb” loyihasini amalga oshirish Samarqand tumanidan boshlanadi

Joriy yilning 20 yanvar sanasida davlatimiz rahbari boshchiligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir  tumandan xorijiy til va kasb o‘rganishga qiziqishi bo‘lgan, ammo imkoniyati bo‘lmagan o‘quvchilarni tanlab olib, ularga kamida ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash va loyihani amalga oshirish maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Kengashi raisi Sodiqjon Turdiyev Samarqand tumanida bo‘lib, tumandagi o‘qish istagi bo‘lgan 20 nafar o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov, Samarqand tumani Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, o‘quvchilarga biriktirilgan o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda ushbu loyihadan maqsad, yosh avlodga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatib, har tomonlama bilimli hamda barkamol qilib tarbiyalash ekanligi ta’kidlandi. Shuning uchun ham mazkur loyihani amalga oshirishda malakali o‘qituvchilar jalb etilganligi, ularga aniq vazifalar yuklatilganligi qayd etildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘zining samarasini bergach, respublikamizdagi barcha mahallalarda shu kabi dasturlar joriy qilinishi aytildi. Ushrashuv yakunida o‘quvchilar loyiha borasida o‘z fikr-mulohazalari bildirishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM