Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablari ijrosi ta’minlash

Navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi. Unda tuman maktabgacha va maktab taьlimi bo‘limi shoʻba mudiri J.Jalolov ishtirok etdi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurutayotgan pedagog xodimlar bilan ish hujjatlarining yuritilishi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning qonuni”, “Tarbiyalanuvchilarni rivojlanish xaritalarining yuritilishi” va shu kabi bir qator faoliyatga doir qonun va hujjatlarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha doimiy ravishda amaliy o‘quv-seminarlar tashkil yetilib kelinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va davlat talablarini bajarilishinig eng birinchi omili bu tashkilotlarni metodik  ta’minoti hisoblanadi. Bugungi kunga qadar tumandagi barcha davlat va oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 40 dan ziyod turli didaktik, ko‘rgazma va tarqatma  materiallar, tarbiyachilar uchun metodik qo‘llanmalar, tarbiyalanuvchilar uchun badiiy adabiyotlarning hafta, oy mavzulariga oid tarqatma va ko‘rgazma materiallar to‘plamlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik Kengashi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom to‘g‘risida seminar-treninglar tashkil etilib, tushuncha va tavisiyalar berildi. Jumladan tumandagi   24-DMTT da  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida faoliyat yurutayotgan tarbiyachilar ishtirokida "Bolani erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi asosida amaliy trening o‘tkazildi. Bolaga yo‘naltirgan o‘qitish yondashuvlarni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha “Interfaol ta’lim metodikasi”, “Ta’limning universal dizayni”, “Ta’limning ijtimoiy psixologik muhiti”  kabi mavzularida nazariy-amaliy mashg‘ulotlar va ta’lim o‘yinlari tashkil etildi. Treningda ishtirok etgan  barcha tarbiyachilar  yangi   bilimlarga ega bo‘lish bilan birga faoliyatlari jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining “Viloyat maktabgacha ta’lim tizimida mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda tumanda “Mahorat maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, bu maktabning asosiy maqsadi tashkilotlardagi pedagoglar tomonidan o‘tkazilgan faoliyatlar, tarbiyalanuvchilar va pedagoglarning eng namunali mashg‘ulotlari va tadbirlari kunlik tahlil qilib borilmoqda. Eng namunali mashg‘ulotlar va tadbirlar viloyat mahorat maktabi guruhiga yuborilmoqda. Bu bilan eng avvalo, pedagoglarni kun davomida faollikka, izlanuvchanlikka undab kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM