Chorshanbe mahallasida namunali seminar tashkil etildi

Samarqand tumani mahallalaridagi beshlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, kengashlar, komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalari ishlarini jonlantirish bo‘yicha yangicha tizim ishlab chiqildi. 
Ushbu tizimni har bir mahallada joriy qilish maqsadida Chorshanbe mahallasida namunali tarzda seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mahalla beshligining hisobotlari tinglandi.
Tadbirda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shgan faol tadbirkorlar, nuroniylar va yoshlar tuman hokimligi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xuddi shu kabi seminarlar tumandagi barcha mahallalarda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Uchrashuvdan so‘ng tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarga asosan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflari inobatga olinib, ularga amaliy yordam berish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va torshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM