Firdavs Gʻaniyev, Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari: Yil yakuniga qadar tumanda 8,6 ming nafar ishsizlar bandligini ta’minlash vazifasi turibdi.

Joriy yil yakuniga qadar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, investisiyalarni jalb qilish, hozirda xorijda ishlayotgan tuman fuqarolarini qaytarib, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishlarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 24 avgust kuni muhtaram Prezidentimizning Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrifi davomida yil yakuniga qadar har bir soha va tarmoqlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Unda Samarqand tumanida har bir mahalla kesimida tuman hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ishsiz aholini bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investisiyalarni jalb qilish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida aholi soni 270,1 ming nafar, shundan mehnat resurslari 135,8 ming nafar, iqtisodiy faol aholi soni esa 111 ming nafarni tashkil etadi. Tuman iqtisodiyotida band bo‘lgan aholi 100,3 ming nafarni, shundan rasmiy bandlar 60,3 ming nafarni, norasmiy bandlar 25,9 ming nafarni, xorijga ishga ketgan migrantlarning umumiy soni 14,1 ming nafarni tashkil etdi.
Migrantlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston respublikasi hisobiga to‘g‘ri kelishini inobitga olsak, yil yakuni bilan oktyabr-noyabr oylarida migrantlarning 3,8 ming nafario‘z yashash joylariga qaytishlari kutilmoqda. Yil yakuniga qadar tumanda 8,6 ming nafar ishsizlar bandligini ta’minlash vazifasi turibdi. Ularni to‘liq daromadli mehnat bilan ta’minlash maqsadida birinchidan, qiymati 1363 mlrd. so‘m bo‘lgan 111 ta investision loyihalarni amalga oshirish hisobiga 1 784 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.
Ikkinchidan, “20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi” doirasida 80 ta tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozlar berilishi hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga 3 379 nafar ishsizlar ishga joylashtiriladi. Misol uchun, tumandagi 4 ta mahallaga biriktirilgan “Sam rafoat tekstil” MCHJ tomonidan eksport hajmini oshirish maqsadida FRRU fondidan qiymati 1 mln. dollarlik kredit mablag‘lari ajratish hisobiga, ishlab chiqarish loyihasi hajmini kengaytirish hisobidan 165 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Uchinchidan, tumanda 19,6 ga yer maydonlarini ijaraga berish hisobiga 230 nafar aholining bandligi ta’minlanadi.
To‘rtinchidan, magistral avtomobil yo‘lining hududdan o‘tuvchi M-39, M-37 kilometr qismida 270 ta yangi yo‘l bo‘yi servis ob’yektlarini ishga tushirib, 2,3 ming nafar aholini daromadli qilish mumkin.
Beshinchidan, hozirda bo‘sh turgan 74 ta bino-inshootga tadbirkorlarni jalb qilib, (3322 kv.m) 13,9 mlrd.so‘mlik investisiya kritish hisobiga, 420 ta ish o‘rni yaratiladi.
Oltinchidan, tumanda jami 37 gektar yer maydonida yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish. Ushbu kichik sanoat zonalarda import o‘rnini bosuvchi 46 ta investisiya loyihalarini amalga oshirib, 1 610 ta ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjud.
Yettinchidan, mahallalarda qiymati 28,6 mlrd so‘m bo‘lgan 170 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga 375 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.
Sakkizinchidan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 24,9 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratish hisobiga 1 400 nafar aholining bandligi ta’minlanadi.
To‘qqizinchidan, yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari hisobiga, 1300 nafar fuqarolar band qilinadi.
Qolaversa, aholini kasanachilik, hunarmandchilik, tadbirkorlik hamda o‘zini-o‘ziband qilish faoliyatiga jalb qilish uchun subsidiya asosida 564 mln. so‘mlik mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib, 396 nafar fuqarolar band qilindi.
Shuningdek, tumandagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanib, fermer xo‘jaliklari dalalarida mehnat qilayotgan fuqarolar va xotin-qizlarning faoliyatini legalla

shtirish orqali ishsizlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga erishiladi.
Bu boradagi ishlarni jadallik bilan tashkil etyapmiz.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM