Samarqand tumaniga investitsiyalarni jalb qilish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Suyunov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 2023 yilda umumiy qiymati 196,2 mln. dollar bo‘lgan 4 ta loyiha doirasida 120,0 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, - "Samarkand Touristic Centre" MCHJning “Ekspo markazi tashkil etish” loyihasi bo‘yicha 100,0 mln. dollar, "Nurli Kelajak Ishonch Servis" MCHJning “Zamonaviy savdo kompleksini tashkil qilish” loyihasi bo‘yicha 10,0 mln. dollar, "Sam Rafoat Tekstil" MCHJning “Pardalar uchun mato ishlab chiqarishni tashkil etish”loyihasi bo‘yicha 5,0 mln. dollar, MCHJ shaklidagi "Multi Fruit Korea" xorijiy korxonasining “Farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasi bo‘yicha 5,0 mln. dollar miqdorida xorijiy kreditlar o‘zlashtiriladi.
Shundan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 11 ta loyihalar doirasida 68,7 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va xorijiy kredit leniyalari mablag‘lari jalb qilinib, belgilangan reja 107 foizga bajarildi.
Misol uchun, "Agromir Buildings" MCHJ tomonidan “Qurilish materiallari ishlab chiqarish) 9,1 mln. dollar (Germaniya, “Deutsche bank AG”), "Intramed" MCHJ tomonidan “Zamonoviy tibbiy xizmat ko‘rsatish” 4,7 mln. dollar (Xitoy Halq Respublikasi, Shinva Medical Instrument Co., Ltd.), "Intramed Radiology" MCHJ tomonidan “Tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish” 4,3 mln. dollar (Germaniya, “Siemens Healthcare GMBH”), "Sam Rafoat Tekstil" MCHJ tomonidan “Pardalar uchun mato ishlab chiqarishni tashkil etish” 1,8 mln. dollar (Xitoy tiklanish va tarqqiyot banki), "Gulobod mebel" MCHJ tomonidan “Mebel ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish” 1,1mln. dollar (Xitoy tiklanish va tarqqiyot banki), MCHJ shaklidagi "Samfrut" qo‘shma korxonasitomonidan 0,8 mln. dollar “Qishloq ho‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash” to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish 393 foizni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 19 ta loyihalar doirasida 155,8 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kafolatlanmaganxorijiy kreditlar o‘zlashtirilib belgilangan reja 125 foizga bajarilishi belgilangan.
Bundan tashqari ekspor yo‘nalishida 2023 yil uchun 90 864,0 ming dollar eksport rejasi belgilangan. Shundan sanoat mahsulotlari 48 864,0 ming dollar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 42 000,0 ming dollar etib belgalangan.
Yanvar-avgust oylari uchun 64639,0 ming dollar eksport rejasi belgilangan bo‘lsa, shundan sanoat mahsulotlari hisobidan 34 448,0 ming dollar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobidan 30 191,0 ming dollar.
Joriy yilning yanvar-avgust holatiga 53 ta eksportyor korxonalar tomonidan 27 dan ortiq davlatlarga, 157 turdagi, jami 44076,0 ming dollar qiymatidagi sanoat va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilib yanvar-iyul oylari uchun belgilangan reja 68,2 foizga bajarilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM