Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumaniga keldi

Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumanidagi Yangiariq mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Bunda tuman hokimi mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyat, qizil toifadan yashil toifaga o‘tkazish, aholi daromadini oshirish, mahalla beshligi faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, xotin-qizlar bandligi, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan mahalla beshligining hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng respublika ishchi guruhi mahalla negizida tashkil etilgan tukuvchilik, sport to‘garaklari bilan tanishdi. Bu yerda ishchilarga yaratiltgan sharoitlarga ham e’tibor qaratildi. Kelgusidagi ishlar xususida maslahat va tavsiyalar berildi.

Ishchi guruhining keyingi manzili tumandagi ''Ko‘ksaroy AVTO MALL'' savdo majmuasi bo‘ldi va bu yerda ham o‘rganish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM