Svetafor o‘rnatish maqsadga muvofiq emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Gʻalaba ko‘chasiga svetofor qo‘yishda mas’ullardan amaliy yordam berishlari so‘ralgan lavha e’lon qilindi.
Holat tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Shuni ma’lum qilamizki, mazkur ko‘chaning 400 metrga yaqin qismida piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan zebra chiziqlari chizilgan. Shuningdek, yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Ushbu yo‘lda piyodalarning xavfsiz harakatlarinishi uchun sharoitlar yaratilgan. Shu bois mazkur yo‘lda svetafor o‘rnatish yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi, shuningdek, taransport harakatining ko‘pligi, tirbandliklarni keltirib chiqarishini inobatga olgan holoda svetafor o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini bildirib o‘tamiz.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM