Samarqand tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Ganiyevning aholini ehtiyojmand qatlamiga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatilishi to‘g‘risidagi hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunii jrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qarorining 8-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamiga homiylar va xayriyalardan jami 2 milliard 648 million 266 ming.so‘m mablag‘ tushgan bo‘lib, jumladan:
•  sud hujjatlari ijrosi bo‘yicha 1 miliard 419 million 075 ming.so‘m,
•  mahalliy byudjet daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 1 milliard 229 million 191 ming.so‘mni tashkil qilgan edi.
   Xalq deputatlari tuman kengashi qaroriga asosan “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan, yordam ko‘rsatilgan ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida jami 2 mlrd 295 mln 839 ming.so‘m miqdorda mablag‘lar ajratildi.
Jumladan, 248 nafariga 601 million 400 ming. So‘mlik asbob-uskuna, 79 nafar fuqarolarga sog‘ligini tiklash uchun 223 million 800 ming. so‘m, 76 nafar nogironligi bor fuqarolarga 149 million 400 ming. so‘m, 78 ta oilaga quyosh paneli olish uchun 706 million 600 ming. so‘m,  152 ta oilaga uy-joyini ta’mirlash uchun 486 million 300 ming. so‘m, boshqa ehtiyojlari uchun esa 2  million 200 ming. so‘mlik yordam va ko‘maklar ko‘rsatilgan.
Xususan, Shalg‘amon mahallasida yashovchi fuqaro M.Shga nogironligi va oilaviy ahvoli qiyinligini inobatga olib 12 mln 500 ming. so‘mga electron nogironlik aravachasi;
Dehnav mahallasida yashovchi fuqaro M.Iga xonadonida yong‘in kelib chiqыanligi, oilaning moddiy yordamga muhtojligini inobatga olib, 15 mln.so‘m;
“Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi 21 nafar oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 157 mln. so‘mga quyosh panellari;
Pulimug‘ob mahallasida yashovchi fuqaro B.Dga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun 10 mln 500 ming.so‘m;
Andijoni mahallasida yashovchi fuqaro U.Dga oilaviy sharoiti og‘irligini, yashash xonadonida eshik hamda dereza romlari yo‘qligini inobatga olib 10 mln. so‘m;
Xishrav mahallasida yashovchi, “Temir daftar”ga ro‘yxatga turuvchi fuqaro V.Sga yashash sharoiti og‘irligini inobatga olib 13 mln. so‘m;
Qaynama mahallasida yashovchi, “Temir daftar”ga ro‘yxatga turuvchi fuqaroT.Uga farzandlarini davoltishi uchun 7 mln. so‘m;
Navbog‘ mahallasida yashovchi, “Temir daftar”ga ro‘yxatga turuvchi fuqaro J.Sga yashash sharoitini yaxshilash uchun 6 mln. so‘m;
Parrandachilik mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro K.Aga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun 15 mln. so‘m;
Jo‘yisoy mahallasi dayashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro D.Oga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun 10 mln. so‘m;
Yangiobod mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro N.Fga jarrohlik amaliyoti uchun 7 mln. so‘m;
O‘rtashiq mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro J.Kga davolanishi uchun 5 mln 400 ming. so‘m;
Qaynama mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro Sh.Dga davolanishi uchun 2 mln. so‘m;
Parrandachilik mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro T.Mga nogironlik aravachasi olishga 5 mln.so‘m;
O‘rta Ohalik mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan oila a’zosi fuqaro Q.Dga sharoitini yaxshilashi uchun 3 mln.so‘m;
Yangiariq mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro R.Jga sog‘ligini tiklashi uchun 5 mln. so‘m;
Andijoni mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan oila a’zosi fuqaro V.Hga jarrohlik operatsiyasi uchun 14 mln. so‘m.
Bundan tashqari tuman hokimligi, mahalla faollari hamda korxona, tashkilot rahbarlari boshchiligida keksa hamda yakka yolg‘iz nuroniylar oilasining holidan doimiy xabar olib, kunlik ehtiyojlari uchun talab etiladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar tarqatilib kelinmoqda. Shuningdek, tumanda bo‘lib o‘tayotgan bayram va har xil tadbirlarida ularning ishtiroklari ta’minlanib, ularga ko‘tarinki kayfiyat va bayram shukuhi ulashib kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM