Yangi avtomobil ehtiyot qismlari savdo markazi ish boshladi

“Avto Mall Samarqand” avtomobil ehtiyot qismlari savdo majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand tumani “Yangiariq” MFY  hududidagi 11 gektar maydonda yangi savdo kompleksi tashkil etildi. Avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga mo‘ljallangan savdo markazi "Nurli kelajak ishonch servis” MCHJ tomonidan 500 milliard so‘mlik loyiha asosida qurildi. Savdo markazi 3.5 gektar maydonni egallagan.
- Ushbu savdo majmuasi “Univer Pro Stile” MCHJ loyihasi asosida bunyod etildi, - deydi "Nurli kelajak ishonch servis" MCHJ rahbari Akbarali Qayumov. - Savdo markazining 1-qavatida avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga mo‘ljallangan 751 ta savdo do‘koni, 2 ta bank filiali, 2 ta avtosalon va 1 ta yengil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi hamda 2300 ta avtomobil sig‘imiga ega avtoturargoh o‘rin olgan. Savdo markazi Samarqand shahri markazidan 10 kilometr masofada Samarqand xalqa yo‘lida joylashgan.
Savdo markazi to‘liq faoliyat boshlashi 3 mingta ish o‘rni yaratiladi.
- Mahalla aholisi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi, - deydi Do‘stlik MFY hokim yordamchisi Bahodir Abdurahmonov. - Bu yerlar soy, jarlik, noteks, tashlandiq edi. Qisqa muddatda qishlog‘imiz atrofini sanoat, xizmat ko‘rsatish hududiga aylantirildi.Tadbirkorlar davlatimiz rahbari berayotgan imkoniyatlar sabab katta hajmdagi ishlarni bajarishyapti. Barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorining ishga tushishi biz uchun har tomonlama qulaylik yaratmoqda. Bu joydan mahallamizdan ko‘pchilikning bandligi ta’minlandi. Xalqimizda “Bozori obod el, boy bo‘ladi” degan gap bor, mahalladoshlarimiz boy bo‘lsin. Ushbu bozor atrofida 4-5 ta mahalla joylashgan, ishchilarni bozorga kelib-ketishi uchun avtobus qatnovi ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Savdo markazining tantanali ochilish tadbirda viloyatdagi davlat va jamoatchilik faollari, mahalla aholisi ishtirok etdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM