Samarqand tumanida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga qarashli ilmiy-tadqiqot institutining yangi binosi ochildi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzurida tashkil etilgan mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutining yangi binosi topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, tuman hokimi va sektor rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va soha vakillari ishtirok etdi.

- Mazkur ilmiy-tadqiqot institutida parazitar kasalliklarni erta tashxislashning zamonaviy va samarali usullarini yaratish, davolash mexanizmlarini takomillashtirish va molekulyar darajada tahlil qilish orqali genotiplarini aniqlash, transmissiv kasalliklarni tashuvchi hashoratlarning epidemiologiyasini tekshirish, leyshmanioz kasalligining tashuvchi moskitlarni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha tahlil qilish kabi ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, - dedi universitet rektori Jasur Rizayev.

Mazkur ilmiy-tadqiqot institutida to‘rtda bo‘lim faoliyat yuritadi. Ularda tibbiy gelmintologiya, tibbiy entomologiya, odam protozoy kasalliklarini o‘rganish hamda molekulyar-biologik tashxislash amaliyotlari bajariladi.

Ilmiy-tadqiqot instituti PSR, IFA va boshqa tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, unda yigirmaga yaqin yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM