Samarqand tumani hokimning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ochiq muloqotda tumanda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi

So‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi xonadonlari, ko‘cha va ariqlar yoqalari, xiyobonlar, dam olish maskanlari va parklarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi “Yashil jamoat parklar”ni barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 529-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, Bosh vazirining 2022-yil 12-oktyabrdagi 01-05/1-2076-sonli topshirig‘i (224-sonli bayon) hamja O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan (17.10.2022-yil 02-PA 1/1-1556-sonli) “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi, joriy yil kuzgi ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar alohida nazoratga olinib, tumanda tashkil etilgan shtabda kunlik tahliliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, ushbu tadbirlarni yanada kuchaytirish, joylarda faol targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, gul ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish ishlarini xalqimiz, mahallalarimiz madaniyatiga aylantirish muhim hisoblanadi.
Loyiha doirasida Samarqand tumanida jami 780 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari va butalari ekilishi rejalashtirilgan. Shundan joriy yil noyabr-dekabr oylarida, ya’ni “dolzarb 40 kunlik” davomida 293 ming dona har xil turdagi ko‘chatlar ekilishi belgilangan bo‘lib, amalda 164 ming mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi ta’minlandi. Shundan:
-  Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqasiga 2,2 ming tup;
-  qishloq xo‘jaligi yerlarida ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda 47,5 ming tup;
-  fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga 3,7 ming tup;
-  ijtimoiy soha (maktabgacha ta’lim, maktab, kollej, tibbiyot muassasalarida) ob’yektlari va tashkilotlar hududlarida 22,5 ming tup;
-  korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlarida 37,0 ming  tup;
-  tumandagi obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi hududlar va ob’yektlarda 23,0 ming tup;
-  tumandagi mahallalar va boshqa ob’yektlar hududlarida 28,2 ming tup ko‘chatlar ekilishi ta’minlandi.
Albatta, ko‘chatlarni ekishda ularning kelgusida o‘sib, unib ketishiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shu sababdan ekilayotgan hududi va maqsadiga ko‘ra, turli navdagi mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi. Xususan, bugunga qadar mahalliy iqlim sharoitiga mos keluvchi tut, jiyda, yong‘oq, uzum kabi mevali, kashtan, lola daraxti, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavlovniya, terak, akatsiya, chinor, qrim qarag‘ayi, archa kabi manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi.
Bularning barchasi bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar bo‘lib, oldimizga qo‘ygan marramizning bir qismi xolos. Tumanimizni yashillikka aylantirish yo‘lidagi tashabbus davom etadi. Xususan, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida joriy yil o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. 
Yig‘ilishda yurtboshimiz tomonidan xalqimizning milliy qadriyatlari yodga olindi. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz oilada farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekishgan. Daraxt ekkan odamga uning savobi tegib turadi, deyilgan. “Birni kessang, o‘nni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan. Yig‘ilishda so‘ngida joriy yil 1 martdan “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishi e’lon qilingan bo‘lsada, hech birimiz unutmasligimiz kerakki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas! Undan ko‘zlangan maqsad hisobot uchun daraxt ekish, raqamlarning ortidan quvish emas. Ekologik muhit tobora o‘zgarib borayotgan bir davrda masalaga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratishimiz, uni chinakamiga umummilliy harakatga aylantirishimiz lozim. Buning uchun albatta xalqimizga suyanamiz. Sababi, mazkur harakatlarimiz keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmas, har bir ko‘cha, har bir xonadonga kirib bormas ekanmiz, ko‘zlangan maqsadimizga erisha olmaymiz.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM