Arabxonada yangi tibbiy punkti ochildi

Samarqand tumanidagi Arabxona mahallasida 7 ming nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadigan tibbiy punkti foydalanishga topshirildi.

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tibbiy punktning ochilish marosimida tuman hokimi keyingi yillarda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgshanini ta’kidladi va muassasa bilan mahalla fuqarolarini tabrikladi.

Qayd etish kerakki, bino ta’mirtalab bo‘lganligi sababli 2023-yilda tashabbusli byudjet loyihasi asosida ta’mirlash bo‘yicha taklif qo‘llab-quvvatlanib, tashabbusli byudjet mablag‘lari hisobidan 400 mln so‘m ajratilgan. Bugungi kunda ta’mirlash ishlari tugatilib, tumandagi Arabxona, Xishrov va Nurafshon mahallalarida yashovchi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Punktda aholiga 3 nafar oilaviy shifokor va 12 nafar o‘rta tibbiy xodimlar faoliyat olib bormoqda. 

Bu yerda bemorlarning ko‘rigi uchun xona va gigiyenik xonalardan tashkil topgan hamda barcha kerakli anjomlar bilan jixozlangan.
Tadbirda ishtirokchilar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM