Tumanda aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan hamda Inson qadri uchun degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs g‘aniyev ishtirok etdi
Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. 
Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog‘liq.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. 
Bugungi kunda Samarqand tuman hokimligi va Pensiya jamg‘armasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha xodimlarning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yaxshilanishi, ularga pensiya ta’minoti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘qrisida»gi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning 21 oktabr sanasidagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli qarori qabul qilingan hamda ushbu qaror bilan “Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Tumandagi mavjud 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholining  jami 11 761 nafari  moddiy yordam va bolalar nafaqasi olib kelayotgan bo‘lib, shundan 11 584 nafariga bolalar nafaqasi, 177 nafariga moddiy yordam tayinlanib, to‘lov amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, Yangijoy MFYda 298 nafar, Qorasuv MFYda 310 nafar, Saxovat MFYda 259 nafar, Shirinobod MFYda 371 nafar, Badal MFYda 222 nafar, Jo‘yisoy MFYda 260 nafar, Rustam MFYda 257 nafar fuqarolarga kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlangan bo‘lib, tumanning eng ko‘p moddiy yordam va bolalar nafaqasi olayotgan mahallalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, Chaman MFYda 96 nafar, Yuqori chordara MFYda 71 nafar, Diyor MFYda 72 nafar, Zahlik MFYda 84 nafar fuqarolariga kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlangan bo‘lib, tumanning eng kam moddiy yordam va bolalar nafaqasi olayotgan mahallalarni tashkil qiladi.
Joriy yilning oktyabr oyida 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan moddiy yordam va bolalar nafaqasi olish istagini bildirib,2393 nafar fuqaro  ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, shundan 1261 nafariga bolalar bafaqasi, 36 nafariga moddiy yordam tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 42-bandiga muvofiq, tuman hokimining 2023-yil 6-apreldagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 108-7-103-Q/23-sonli qaroriga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan 94 nafar fuqarolarimizga har oylik 168,0 so‘mdan kompensatsiya to‘lovlari, 11 nafar fuqarolarimizga belgilangan tartibda12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena mahsulotlari har oyda bir marotaba manzilli yordam berib kelinayotganligi, mahalla hayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi qonunchilikga muvofiq tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida, aholining zaif toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “fuqarolar yig‘inining yakka yolg‘iz pensioner va nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalar o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
Tumanimizning jami 271 ming nafar aholisi uchun 1 ta ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika, 3 ta Oilaviy poliklinika va 9 ta Oilaviy shifokorlik punkti hamda 14 ta Mahalla tibbiy punktlari tomonidan birlamchi tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Aholi o‘rtasida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida yil davomida joylarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, 239 ming nafarga yaqin fuqarolarga 20 turdagi tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli skrining tekshiruvlari o‘tkazildi. 
Aniqlangan kasalliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yilda 53300 nafar bemorlar ambulator va stasionar sharoitida sog‘lomlashtirildi. 
Sog‘lomlashtirilgan bemorlarning 481 nafariga,viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun 305 nafariga tibbiy sug‘urta asosida yo‘llanma berilib, 74 nafarida yuqori tibbiy texnologik jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan. 
Dispanser nazoratida turuvchi 31 nafar onkologik kasalligi bor bo‘lgan bemorlarga 5 turdagi dori darmonlar oylik davo kursiga qarab imtiyozli resept asosida rasmiylashtirilib berilmoqda, psixiatr hisobida turadigan bemorlar uchun 5 turdagi va 3419 nafar endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlarga resept asosida 9 turdagi dori-darmonlar bepul berilmoqda.
Bundan tashqari, 2023 yilda jami 162 ta reabilitatsiya texnik vositalari jumladan, 84 ta nogironlar aravachasi, 16 ta qo‘ltiqtayoq, 4 ta tirsakli qo‘ltiqtayoq, 11 ta eshitish moslamasi, 24 ta hassa, 6 ta ko‘zi ojizlar haccasi, shuningdek, 40 turdagi protez ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Tumandagi 197 nafar Pensioner keksalarni sog‘lomlashtirish maqsadida, Kattaqurg‘on shahridagi “Marvarid” sihatgohida 46 ta Farg‘ona viloyatidagi “Oltiariq” sihatgohida 13 ta, Buxoro viloyatidagi “Buxoro” sihatgohida 33 ta Jizzax viloyatidagi “Jizzax” hamda “Marjonsuv” sihatgohida 31 ta  Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi” sihatgohida 25 ta va Toshkent shahridagi “Tovoqsoy” sihatgohida 12 ta  yo‘llanmalar berilib, davolanishi hamda dam olib kelishlari ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda tumanda 92 nafar yolg‘iz keksalar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 11 nafari yakka yolg‘iz, 81 nafari yolg‘iz yashovchi fuqarolar hisoblanadi. Ushbu fuqarolarning  10 nafarga ijtimoiy assistentlar biriktirilgan bo‘lib, belgilangan kunlarda borib, holidan xabar olinib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM