Tuman hokimining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda tumanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.
Qayd etilganidek, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida jami 21 ta loyihalar doirasida 27,8 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. 
2022 yilning mos davriga nisbatan 115 foizni (2022 yil  11 oylik                 15,5 mln. doll. o‘zlashtirilgan) tashkil etdi. Shundan 1-sektor hududida 9 ta loyihalar doirasida 10,5 mln. dollar, 2-sektor hududida 5 ta loyihalar doirasida 5,0 mln. dollar, 3-sektor hududida 2 ta loyihalar doirasida 9,3 mln. dollar va 4-sektor hududida 4 ta loyihalar doirasida 3,0 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. 
Misol uchun, "intramed" mchj tomonidan “zamonoviy tibbiy xizmat ko‘rsatish”             9,3 mln.dollar (3-sektor) (xitoy halq respublikasi, shinva medical instrument co., ltd.), mchj "samarqand aria baron" qk tomonidan “sendvich panel va metal konstruksiyalari ishlab chiqarish” 4,9 mln.dollar (1-sektor) (aqsh, muhammad zadeh tabasee muhammad halil), "sam rafoat tekstil" mchj tomonidan “pardalar uchun mato ishlab chiqarishni tashkil etish” 3,1 mln.dollar (2-sektor) (xitoy tiklanish va tarqqiyot banki), mchj shaklidagi "samfrut" qushma korxonasi tomonidan  “qishloq ho‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash” 1,3 mln.dollar (4-sektor) (rossiya, ooo "vso profil") to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
Eksport yo‘nalishi bo‘yicha, joriy yilning 17 dekabr holatiga 63 ta eksportyor korxonalar tomonidan 33 dan ortiq davlatlarga, 157 turdagi, jami 70,2 mln. dollar qiymatidagi sanoat va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilib 2023 yil uchun belgilangan reja 77,0 foizga bajarilib, utgan yilning mos davriga nisbatan 102 foizga o‘sgan.
Shundan, sanoat mahsulotlari hisobidan 34,9 mln. dollar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobidan 35,1 ming dollar. Rossiya federatsiyasiga 38,3 mln.dollar, belorussiya reyepublikasiga 8,5 mln.dollar, Tojikiston respublikasiga 6,5 mln.dollar, Qozog‘iston respublikasiga 2,5 mln.dollar, Litva respublikasiga 2,1 mln.dollar va boshqalarga 7,7 mln.dollar eksport qilindi. 
Joriy yilning o‘tgan davrida 19 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinib, ular 4,1 mln. dollarlik mahsulotlarni Rossiya, Belorusiya, AQSH davlatlariga eksport qildi.
Investisiya dasturlari ijrosi bo‘yicha 2023 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 3 trln. 249,8 mlrd. so‘mlik jami 111 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1835 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalarga 1 trln. 461,1 mlrd. so‘mlik loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari, 104,1 mlrd. so‘mlik bank kreditlari, 137,3 mln. dollar xorijiy kredit leniyalari mablag‘lari va 10,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni yo‘naltirish belgilangan. 
Joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 2 trln 812,3 mlrd. sumlik 93 ta hududiy loyihalar ishga tushirilib 1740 ta ish o‘rni yaratildi.
Jumladan, 1-sektor xududidagi "nurli kelajak ishonch servis" mchjning umumiy qiymati 787,5 mlrd.sum bo‘lgan “zamonaviy savdo kompleksini barpo etish” loyihasida 250 ta, "sam rafoat tekstil"mchjning qiymati 58,0 mlrd.so‘mlik matras va pokrival ishlab chiqarish fabrikasini kurish loyihasi foydalanishga qabul qilinib 102 ta; 2-sektor xududidagi "samarkand touristic centr"e mchjning umumiy qiymati 1125,0 mlrd.sum bo‘lgan “ekspo markaz barpo etish” loyihasida 40 ta, "amr-ul-baxr vmj" mchjning qiymati 17,2 mlrd.so‘mlik maxsus oyoq kiyimlar ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish loyihasi foydalanishga qabul qilinib 25 ta, "textile ktm" mchjning qiymati 3,8 mlrd.so‘mlik tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib 30 ta, "kelajak press" mchjning qiymati 3,2 mlrd.so‘mlik nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish loyihasi ishga tushirilib 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

2023 yilning yanvar-dekabr oylarida davlat va xududiy dasturlar doriasida umumiy qiymati 3 trln. 366,5 mlrd. so‘mlik jami 115 ta loyihalar ishga tushirilib 2086 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM