Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasi muhokama etildi

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Q.Quranbayev rahbarligidagi respublika ishchi guruhi Samarqand tumanida bo‘ldi.

Kun davomida mahallalarda fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammolari tinglandi. Takliflari eshitildi. Fuqarolar bandligini ta’minlash, muammolariga yechim topish masalalari o‘rganib chiqildi.

Shundan so‘ng Samarqand tuman hokimligida ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasiga bag‘ishlangan yig‘ilib bo‘lib o‘tdi. O‘rganilgan masalalar tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari, mahallalar yettilgi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM