Hokim va iqtidorli yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etilgan uchrashuvga tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, sektor rahbarlari hamda o‘qish va ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, o‘zining yuksak bilimi va salohiyati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol yoshlar taklif qilindi.

Tuman hokimi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida to‘xtaldi. IT sohasi yosh iqtidor egalarini kashf etishda muhim omil ekanligini ta’kidladi. Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda yoshlar kelgusida yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maktablarda qo‘shimcha xorijiy tillar kurslarini joriy qilish, chekka hududlarida joylashgan maktablarga IT sohasida yosh iqtidor ekalarini taklif qilish to‘g‘risidagi fikrlar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir davomida har bir o‘quvchining takliflari asosida aniq chora-tadbirlar belgilanadigan bo‘ldi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM