Yoshlarning oliy ta’limga qamrovi qaniqarlimi?

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida shu savollarga javob izlandi. Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
-  Tumanda 54 ta ta’lim muassasalari, jumladan 53 ta umumta’lim maktablari va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyait yuritib kelmoqda, - deydi A.Mahmudov. - 2023 yilda ta’lim muassasalarini bitirgan jami 3635 nafar 9-sinf bitiruvchilaridan 24 nafari akademik liseylarda, 51 nafari kasb-hunar kollejlarida, qolgan 3560 nafari umumta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan. 11-sinfni bitirgan 2029 nafar o‘quvchilarning 1124 nafari (58,6%) oliy ta’lim muassasalariga, 266 nafari (13,2%) professional ta’limga o‘qishga qabul qilingan. Shuningdek, 980 nafari bandligi ta’minlandi. Albatta bu ko‘rsatkichlar bilan yoshlarning oliy ta’limga qamrovini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Hali oldinda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.
Jami 2029 nafar bitiruvchilarning 751 nafari xorijiy, nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Hozirda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan 7-11 sinflardagi ayrim fanlarni qisqartirib, ularning o‘rniga kasblarni o‘rgatish hisob-kitoblari qilinmoqda.
2024 yil yakuniga qadar tumandagi 11 ta umumta’lim maktablarida tashabbusli byudjet orqali qiymati 11249,6 ming so‘m bo‘lgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib maktablarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi.
Shuningdek, tumandagi 53 ta maktablarda 780 ta qiymati 1,2 ming so‘m bo‘lgan ovozli videokameralar o‘rnatilib, ta’lim jarayoni onlayn boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan onlayn ochiq darslar o‘tkaziladi, o‘quvchilar davomoti va darslarni onlayn tahlil qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa ta’lim sifatini oshirib, oliy ta’limga o‘qishga kirish hajmini ham ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Tumandagi 10-maktabda 780 o‘rinli (qiymati 9 860,2 ming so‘m), 9-maktabda 300 o‘rinli (qiymati 3601,6 ming so‘m) qo‘shimcha binolar investisiya dasturi asosida, 23-maktabda xomiylik mablag‘lari hisobidan 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib foydanishga topshiriladi.
Qayt etilganidek, umumta’lim maktablari rahbarlari faoliyatini jonlashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish maqsadida choraklik reyting tizimini joriy etildi.
Umumta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy tillar xitoy, koreys, yapon, fransuz, nemis tillarni o‘qitishni klaster tizimi tatbiq etildi hamda bu ishlar yangi o‘quv yilida davom ettiriladi. Bunda Samarqand davlat chet tillari instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM