Янгиликлар

Havo harorati pasayishi kutilmoqda

4-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 4-5 noyabrda respublika bo‘yicha harorat 10-13° ga pasayishi mumkin.

4-noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Samarqand tumanida 701 gektar yer maydoni shudgor qilindi

Mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Zero, sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor, pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.

Hokim fuqarolarni qabul qildi

Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 20 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bandlik, moddiy yordam, yer masalalari va boshqa  muammolar yuzasidan  murojaatlar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi mutasaddilari va har bir tashkilot vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

Тадбиркорлик фаолиятини бошлаш ниятидаги фуқаронинг 23 000 АҚШ долларини қўлга киритган фирибгар аниқланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Самарқанд туман бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда, фуқаро А.А.

154 nafar xotin-qiz adabiyot, san’at, ta’lim va sport yo‘nalishida bellashdi

“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi yakunlandi.
Tanlovda yetti yo‘nalish bo‘yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 154 nafar iqtidorli xotin-qiz ishtirok etdi.
Ishtirokchilar adabiyot, san’at (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, ta’lim, fan, sport, jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM