Samarqand tumanida ichki ishlar bo‘limining yosh xodimlari bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
31.08.2023 - 16:05Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mudiri I.Murodov, Samarqand viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi S.Adilov, Samarqand tumani IIBning yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida ichki ishlar organlari faoliyatlariga doir kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, Samarqand tumani “Yoshlar kutubxonasi” jamoasi tomonidan Ichki ishlar organlari faoliyatiga doir chiqarilgan kitoblar qiziqish bilan mutolaa qilinayotganligi, ulardagi qaxramonlarning hayot yo‘llari batafsil yoritib berildi.