Oila muqaddas shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berldi
04.12.2023 - 16:05Matbuot anjumanida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madina Baratova ishtirok etdi.
Muhtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan har yili 15-may kuni oila kuni deb nishonlanishi xalqimiz uchun, oilalar uchun quvonarli kundir.
Ma’lumki, oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat anashu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujudning o‘zi alohida bir olam.