"Oʻzbekkenti" mahallasida "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazishdi
19.09.2023 - 19:29Samarqand tumani prokurori hamda tuman IIB boshligʻi tumanning "Oʻzbekkenti" mahallasida "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazishdi.
Hududni "qizil toifa"dagi mahalladan chiqarish boʻyicha profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi.
Shundan so‘ng, shoshilinch tibbiy markazi, koʻngil ochar maskanlar, bozor hududlarida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.