Янгиликлар

"Oʻzbekkenti" mahallasida "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazishdi

Samarqand tumani prokurori hamda tuman IIB boshligʻi tumanning "Oʻzbekkenti" mahallasida "Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazishdi.

Hududni "qizil toifa"dagi mahalladan chiqarish boʻyicha profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi. 

Shundan so‘ng, shoshilinch tibbiy markazi, koʻngil ochar maskanlar, bozor hududlarida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligida kimyoviy zararli birikmalardan holi mahsulotlar yetishtirish, yangi navlarni foydalanishga keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.

Chorshanbe mahallasida namunali seminar tashkil etildi

Samarqand tumani mahallalaridagi beshlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, kengashlar, komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalari ishlarini jonlantirish bo‘yicha yangicha tizim ishlab chiqildi. 
Ushbu tizimni har bir mahallada joriy qilish maqsadida Chorshanbe mahallasida namunali tarzda seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mahalla beshligining hisobotlari tinglandi.

Uch avlod vakillari uchrashdi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Samarqand tuman hokimligida tashkil etildi.
Tuman hokimligi va “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablari ijrosi ta’minlash

Navbatdagi matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi. Unda tuman maktabgacha va maktab taьlimi bo‘limi shoʻba mudiri J.Jalolov ishtirok etdi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurutayotgan pedagog xodimlar bilan ish hujjatlarining yuritilishi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning qonuni”, “Tarbiyalanuvchilarni rivojlanish xaritalarining yuritilishi” va shu kabi bir qator faoliyatga doir qonun va hujjatlarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha doimiy ravishda amaliy o‘quv-seminarlar tashkil yetilib kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM