Mahallaning ichki yo‘llari joriy yilning ikkinchi yarim yilligida ta’mirlanadi
02.03.2024 - 10:36Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand tumani "Qo‘shkuprik" mahallasidagi yo‘llarning ta’mirtalabligi va beton ustunlaridagi yoritish lampalarining uzluksiz yonib turishi haqida tanqidiy material e’lon qilindi.
Tuman hokimligi mutasaddi xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda haqiqatda beton ustunlardagi yoritish lampalarining uzluksiz yonib turishi hamda yo‘lning ta’mirtalabligi aniqlangan.