Korrupsiya - o‘ta moslashuvchan jinoyat
28.12.2021 - 21:29Insoniyat tarixida davlatlar shakllangandan buyon korrupsiya ularni ichdan yemiradigan ijtimoiy illat sifatida vujudga keldi. Hokimiyat va boylik uchun hirslar ta’sirida rivoj topdi. Hozir avj olib borayotgan globallashuv jarayonida bu dahshatli illat davlatning taraqqiyotiga tahdid solib bormoqda. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi. Iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi. Jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.