Samrqandlik murabbiylar Hindistonga bordi
30.01.2024 - 11:26Joriy yilning boshida Hindiston davlatining Panjob shtatida Hindiston Qo‘l jangi federatsiyasi tashabbusi bilan sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha Xalqaro mahorat darsi tashkil qilindi. Unda yurtimizdan ham 4 nafar murabbiy va 2 nafar sportchi ishtirok etdi.
Yuqori darajada tashkil etilgan seminarda o‘zbekistonlik mutaxassislar chiqish qilib, qo‘l jangi sir-asrorlari hamda qonun-qoidalarini hindistonlik sportchilarga o‘rgatishdi.