“Ustozlar milliy forumi”da yutuqlar sarhisob qilindi, kelgusi vazifalar belgilandi
27.08.2022 - 16:50Tadbirda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov, tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari va metodistlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida e’tibor qaratib, ilm o‘rgatish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ulug‘ fazilat ekanini ta’kidladi.