Янгиликлар

Futbol festivali bahonasida OAV xodimlari Samarqand tumanidagi yangilik va o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi

Kecha, 28 may kuni Samarqand tumanida tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari, axborot xizmati xodimlari hamda blogerlar ishtirokidagi futbol festivali press-tur bilan boshlandi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, tumanning ayrim korxona va tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Birinchi guruhning ilk manzili Gulobod mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan "KAMELOT" maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.

Logistika markazi fermer xo‘jaligining o‘zida

Samarqand tumanidagi transport logistikasi va eksportchi korxonalar tomonidan o‘tgan yil 22,6 million AQSH dollari miqdorida qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilingan. Bu yil esa ushbu ko‘rsatkichni 24,5 million dollardan oshirish ko‘zda tutilgan. Joriy yil boshidan buyon 6,7 million dollarlik mahsulotlar xorijga sotildi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash borasida boy tajriba to‘plagan tumanda ushbu yo‘nalishda eksport hajmini muttasil oshirib borishda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta transport logistika markazlarining o‘rni katta.

“Mobil metodik guruhlar” faoliyati qoniqarlimi?

Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini oshirish hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda maktablarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazish, natijasida aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilg‘or metodika va innovasiyalarga o‘rgatish tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Usta Umar Jo‘raqulov asos solgan maktab bir asrdan buyon davom etyapti

Bugun bu maktabning davomchilari ko‘p. Ulardan biri - qirq yildan buyon kulolchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan shogirdi Ilhom Bobomurodovdir.
Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishlog‘ida tashkil etilgan tadbir Usta Umar Jo‘raqulovni xotirlash, bugun kulolchilikni e’zozlab kelayotgan hunarmandlarni qadrlashga bag‘ishlandi. Unda Ilhom Bobomurodov shogirdlari va ishtirokchilarga oddiy loydan san’at asari yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tib berdi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM